G‘aznachilik departmenti Korporativ investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i

14 Июля

Партнерские Вакансии

Город:

Ташкент

Занятость:

Полная занятость

Опыт:

Более 6 лет

Компания "АКБ Qishloq qurilish bank"

Talablar:

Oliy iqtisodiyot ma’lumotlarga ega bo‘lishi, tijorat banklarida tajribasi umumiy ish staji kamida 6 yil bo‘lishi shart;

O‘zbekiston Respublikasi investitsiya, korporativ boshqaruvi va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini yaxshi bilish, (xalqaro sertifikatlar mavjudligi ma’qullanadi);

Shartnomalar, ichki hujjatlar va huquqiy qarorlarni (bayonnomalarni) tayyorlash va tekshirish uchun yuqori yuridik javobgarlik;

Hisob-kitob operatsiyalarini nazorat-tahlil qila olishi;

Moliya va buxgalteriya (audit) sohasini mukammal bilishi;

IABS tizimida ishlay olishi;

Huquqiy ma’lumotlar bazalari va tizimlari bilan ishlash (Norma, Lex.uz);

Elektron hujjatlar, davlat portal va xizmatlari (E-SUD, E-IMZO) bilan ishlash ko‘nikmalari;

Shartnomalar, normativ hujjatlar va sud hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tajribasi;

Bank va bankning shu’ba korxonalarini huquqiy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini tushunish;

Maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash va tijorat sirlarini himoya qilish zarurati;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini chuqur bilish (fuqarolik, soliq, mehnat, korporativ huquq);

Bank tomonidan jamiyatlar (tashkilot)ga kiritilgan investitsiyalar va bankning sho‘ba korxonalarini huquqiy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini tushunish;

MS Office dasturining ilg‘or foydalanuvchisi (Excel, Word, PowerPoint);

O‘zbek va rus tillarini bilish va ushbu tillardagi me’yoriy hujjatlar bilan ishlash qobiliyati;

Ingliz tilini bilish mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

Vazifalar:

Jamiyatlarning ustav fondlariga investitsiyalar kiritish bo‘yicha bankning Investitsiya qo‘mitasi, Boshqaruvi va Kengashi qarorlarini (bayonnomalarini) tayyorlash (ro‘yxatdan o‘tkazish);

Bankning investitsiyalar bo‘yicha balans hisobvaraqlarini tahlil qilish;

Bankning sho‘ba korxonalarni tashkil etish bo‘yicha ta’sis hujjatlarini tayyorlash, shu jumladan mavjud sho‘ba korxonalarining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish va o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha nazorat qilish;

Bankning sho‘ba korxonalarni va bank tomonidan investitsiya kiritilgan tashkilotlar (jamiyat)ning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish;

Bankning investitsiyalarini moliyaviy faoliyati va hisobotlarini tahlil qilish;

yuksak mas’uliyat va detallarga e’tibor qaratish qobiliyati;

qisqa muddatlarda va bosim ostida ishlash ko‘nikmalari;

muzokaralar olib borish va nizolarni hal qilish bo‘yicha tajriba;

biznesning huquqiy qo‘llab-quvvatlanishi, davlat organlari, sudlar va kontragentlar bilan hamkorlik qilish ko‘nikmalari;

yangilikka intiluvchan va o‘z ustida ishlay oladigan;

jamoada ishlay oladigan va muloqotga kirishishuvchan;

katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish qobiliyati mavjudligi;

lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar;

katta hajmdagi huquqiy ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash huquqiy savodxonlik.

Ish sharoiti:

To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);

Ish joyi bankning markaziy idorasida;

Ish haqi + ish hajmi va erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda oylik mukofot.

Похожие вакансии

12 Июля

Сhakana bank mahsulotlarini qo‘llab-quvvatlash rivojlantirish boshqarmasi etakchi mutaxassisi

Ташкент

Компания "АКБ Qishloq qurilish bank" Chakana biznes departamenti – chakana bank mahsulotlarini qo‘llab-quvvatlash rivojlantirish boshqarmasi...

Отправить резюме подробнее

Вакансия размещена в отрасли

Юриспруденция: