Компания "ABABIN"
ASKO kompaniyasida Marketing bo‘limiga Reklama mutaxassisi kerak!
Kompaniya haqida
ASKO — O‘zbekistondagi eng yirik avtoshina, disk va akkumulyatorlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tarmoq kompaniya. Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab 50 dan ortiq filiallarimiz muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bizda faqat savdo emas — jamoa qadriyatlari, do‘stona muhit va rivojlanish imkoniyatlari mavjud.
Sizni qanday vazifalar kutmoqda?
Do‘konlarni o‘z vaqtida reklama materiallari bilan ta’minlash;
Do‘konlarda reklama jarayonlarini nazorat qilish;
Banner, bayroq va boshqa tashqi reklama materiallarini yangilab borish;
Do‘kon tepasidagi logotiplarning soz holatda bo‘lishini ta’minlash, hujjatlarini yuritish;
Yangi do‘kon ochilishida eksteryer va interyer ishlarini tashkillashtirish, ochilish tadbirini o‘tkazish;
Aksiyalarni tashkil etish va o‘tkazish;
Marketing bo‘limining boshqa reklama faoliyatlariga ko‘maklashish.
Talablar:
Reklama va marketing sohasida kamida 1 yil tajriba (savdo sohasi tajribasi afzallik beradi);
O‘zbek tilini mukammal bilish, rus tilini bilish afzal;
MS Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlaridan foydalanish ko‘nikmasi;
Tashqi reklama va tadbirlarni tashkillashtirishda amaliy tajriba;
Mas’uliyatli, tartibli va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
Biz sizga taklif qilamiz:
Barqaror ish haqi va qo‘shimcha bonuslar;
Shinam ofis va do‘stona jamoa;
Professional o‘sish va treninglarda ishtirok etish imkoniyati;
Qiziqarli va dinamik ish jarayoni.
???? Ish joyi: Toshkent shahri, Yangi Hayot tumani, Tashkent INDEX savdo kompleksi, F-3 blok.
???? Ish vaqti: 09:00 – 18:00 (6/1, shanba 13:00 gacha).
12 Августа
Istiqbolli tashabbuslar va nomoliyaviy xizmatlar boshqarmasi Yetakchi mutaxassisi (Marketing va PR)
Ташкент
Компания "АКБ Qishloq qurilish bank" Vazifalar: Bankning nomoliyaviy xizmatlari va istiqbolli tashabbuslarini targ‘ib qilish bo‘yicha...
17 Августа
Специалист пресс-службы/ Matbuot xizmati mutaxassisi
Ташкент
Компания "Agrobank" Agrobank - mamlakatimizning eng yirik moliya muassasalaridan biri sifatida nafaqat bank sohasida, balki axborot siyosati va...
Вакансия размещена в отрасли