Компания "ABABIN"
Ofisimiz haqida: Ofisimiz Yangi hayot tumani, Tashkent INDEX savdo kompleksi, F-3 blokda joylashgan. Bizda kompaniya qadriyatlari va korporativ madaniyat juda yaxshi rivojlangan. Muloqot madaniyati mavjud. Bir-birimizni kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi, har qanday holatda ham bir-birimizga yordam berish kerak. Ofisimizda ovqat isitish, qahva ichish va hamkasblar bilan suhbatlashish uchun alohida oshxona mavjud — sizga yoqishiga ishonaman!
Biz kimni qidiryabmiz:
Ta’lim:
Oliy ma’lumotli (inson resurslari, psixologiya, sotsiologiya, menejment yo‘nalishlari afzallik beradi)
Tajriba:
Ish tajribasi shart emas, lekin HR yoki rekrutingga qiziqishi zarur.
Bilim va ko‘nikmalar:
MS Office dasturlarida ishlay olish (Word, Excel, PowerPoint)
Internet va Telegram-botlar bilan ishlash ko‘nikmasi
Ish e’lonlarini tuzish, targ‘ib qilish bo‘yicha qiziqish
Tez o‘rganish va mustaqil qaror qabul qilish salohiyati
Soft skills:
Muloqotga ochiqlik, quvnoqlik va tashabbuskorlik
Mas’uliyatlilik va vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish
Stressga bardoshlilik va odamlar bilan to'g'ri ishlay olish
Eslab qolish, yozib olish va tizimli yondashuvga moyillik
Til bilimi:
O‘zbek tilini mukammal bilish
Rus tili yoki ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi
Qadriyatlar:
Jamoaviy ishga tayyorlik
Halollik va intizomga sodiqlik
O‘z ustida ishlash va rivojlanishga intilish
Nimalarni yuklaymiz:
Biz sizga nima taklif qilamiz?
Rasmiy ishga joylashish — mehnat shartnomasi asosida barqaror ish;
Mentorlik qo‘llab-quvvatlovi — sizni boshidanoq tajribali HR mutaxassislar yo‘naltiradi;
Doimiy o‘rganish imkoniyati — rekruting, sourcing, suhbat o‘tkazish, korporativ madaniyat bo‘yicha bepul ichki treninglar;
Karyeraviy o‘sish — Junior darajasidan HR-menejergacha yo‘l ochiq;
Shinam va zamonaviy ofis — mehmondo‘st jamoa, ichki oshxona, do‘stona muhit;
Ish vaqti: 09:00–18:00, 6/1 (shanba 13:00 gacha);
Vaqtida to‘lanadigan maosh — oylik ikki marta: avans va asosiy to‘lov.
Muhim!
Vakansiyaga javob yozishda cover letter’da quyidagini yozishni unutmang:
oxirgi o‘qigan kitobingiz nomini yozib qoldiring.
04 Июля
Rekruting bo'yicha mutaxasis | Менеджер по персоналу
Ташкент
Компания "MUDARRIS AKADEMIYA" Mudarris Xalqaro Maktabi - ta'limni tarbiya asosida beruvchi maktab bo'lib, Mudarris so'zi...
04 Июля
HR speciаlist (Kadrlar bo‘limi mutaxassisi)
Карши
Компания "SOF GROUP MANAGEMENT LLC" Responsibilities: To‘liq huquqiy va hujjatli kadrlar ish yurituvini olib borish (qabul qilish, ishdan...
Вакансия размещена в отрасли