SMM-менеджер( ATOMIKA )

29 Июля

Партнерские Вакансии

Город:

Ташкент

Занятость:

Полная занятость

Опыт:

Нет опыта

Компания "ATOMIKA"

Biz – ATOMIKA jamoasimiz, tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim sohasida zo‘r mahsulotlar yaratamiz. Hozirda bizga ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantiradigan, auditoriyani o‘ziga jalb qiladigan va ijobiy "atom" vibratsiyalar bilan zaryadlaydigan SMM-menejer kerak.

Biz kimni izlayapmiz?

Biz quyidagi fazilatlarga ega bo‘lgan kreativ va tashabbuskor mutaxassisni qidirmoqdamiz:

• G‘oyalarga to‘la va ularni yorqin raqamli davrda amalga oshirishga tayyor;

• Trendlarni yaxshi his qiladigan va auditoriya e’tiborini qanday jalb qilishni biladigan;

• Sifatli matnlar yozadigan, kontentni vizual tarzda ko‘rsata oladigan va uni turli ijtimoiy tarmoqlarda boshqara oladigan (Instagram, Telegram – hozir hayot aynan shu yerda!)

• Eksperimentlarni yaxshi ko‘radigan va yangilikdan cho‘chimaydigan – ha, bizda bu faqat qo‘llab-quvvatlanadi!

O‘zbek va rus tillarini bilishi – majburiy.

Nimalar bilan shug‘ullanasan?

• Ijtimoiy tarmoqlar uchun strategiya yaratish: konsepsiyadan kontent-rejagacha

• Diqqatni tortuvchi postlar, storislar va qisqa formatdagi matnlar yozish;

• Postlar, storis va Reels uchun kreativ g‘oyalarni yaratish: dizayner bilan ishlash, suratga olish uchun g‘oyalar ishlab chiqish, ssenariylar yozish.

• Natijalarni tahlil qilish ( охват, konversiya, jalb qilish) va ko‘rsatkichlarni yaxshilash, shunda ijtimoiy tarmoqlarimiz o‘sadi va auditoriya brendga oshiq bo‘ladi.

• Obunachilar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish: ilhomlantirish, izohlarga javob berish, fikr-mulohazalar bilan ishlash.

• Trendlardan xabardor bo‘lish va zamonaviy mavzularni tezda kontentga qo‘shish – ijtimoiy tarmoqlarimiz har doim to‘lqinda bo‘lishi uchun.

Biz nima taklif qilamiz?

• Tez o‘sayotgan loyiha bilan ishlash: "atom" g‘oyani birgalikda kengaytiramiz va katta maqsadlarga erishamiz.

• Ijodiy erkinlik: kompaniya qadriyatlariga mos holda eksperimentlar va o‘z qarashlaringni qo‘llab-quvvatlaymiz.

• Qo‘llab-quvvatlash va rivojlanish: tajriba ulashamiz, fikr bildiramiz, soft-skills va tahliliy yondashuvni rivojlantiramiz.

• Munosib ish haq: bu sening ko‘nikmalaring va imkoniyatlaring asosida individual tarzda kelishiladi.

Agar shu yerga qadar o‘qigan bo‘lsang – demak, aynan biz izlayotgan inson sensan! Portfoliongni yubor – biz albatta aloqaga chiqamiz.

Keling, ijtimoiy tarmoqlarni birgalikda portlatamiz!

Похожие вакансии

23 Июля

Координатор проекта/Sales Manager/Операционный менеджер

Ташкент

Компания "EPG-POS" Мы, быстро развивающаяся компания на рынке Узбекистана, являющаяся Лидером по производству POS-материалов (оборудования для...

Отправить резюме подробнее

24 Июля

SMM-специалист / Видео-контент-креатор (Проектная компания Click TV)

Ташкент

Компания "OOO CLICK" Цель позиции: Ведение и развитие соцсетей ClickTV через создание нативного, живого и трендового видеоконтента. Участие...

Отправить резюме подробнее

23 Июля

Менеджер по направлению Ruckus( MUK Computers )

Ташкент

Компания "MUK Computers" Требования: Высшее образование (инженерное); Опыт работы в сфере IT и продаж от 2 лет оборудования Cisco,...

Отправить резюме подробнее

23 Июля

SMM-специалист с знанием таргетированной рекламы

Ташкент

Компания "Central Asia Travel" Туристическая компания ищет в команду SMM-специалиста, который умеет создавать контент для соц. сетей и...

Отправить резюме подробнее

24 Июля

Контент-менеджер / Ассистент редакции (Проектная компания Click TV)

Ташкент

Компания "OOO CLICK" ClickTV — онлайн-кинотеатр нового поколения, ориентированный на узб екоязычную аудиторию. Мы создаём не только...

Отправить резюме подробнее

Вакансия размещена в отрасли

Информационные технологии / IT / Интернет: