Sotuv menejer

06 Ноября

Партнерские Вакансии

Город:

Ташкент

Занятость:

Полная занятость

Компания "«KOLESA» ( Avtoelon.UZ )"

Assalomu alaykum!

Biz — Kolesa Group, xalqaro darajadagi IT-kompaniya va O‘zbekistonda avtomobil bozoridagi №1 platforma — Avtoelon.uz yaratuvchisi.

Hozir biz sotuv menejerni izlayapmiz — har bir uchrashuvni bitim bilan yakunlaydigan va reklama kampaniyalari natijalari hamkorlar va biznes maqsadlaridan oshib ketadigan darajada muzokaralar olib boradigan bo‘lishi kerak.

Sotuv sohasida o‘sib, daromadingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, jamoamizga qo‘shiling!!

Sizga yuklanadigan vazifalar:

  • Yangi reklama beruvchilarni faol izlash va uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish;
  • Kompaniyalarning birinchi shaxslari bilan muzokaralar, taqdimotlar va uchrashuvlar o‘tkazish;
  • Hamkorlarning maqsad va ehtiyojlarini aniqlash, media rejalarni tayyorlash va kelishish;
  • Reklama kampaniyalari natijalarini tahlil qilish.

Sizdan kutamiz:

  • Muzokaralar olib borish va kelishuvlarga erishish qobiliyati;
  • Natija va rivojlanishga yo‘naltirilganlik;
  • Sotish sohasida o‘sish istagi;
  • Internet reklamasini sotish tajribasi afzallik bo‘ladi;
  • Rus va o‘zbek tillarini bilish.

Biz taklif qilamiz:

  • Belgilangan oylik maosh;
  • Shaxsiy va jamoaviy savdo natijalariga ko‘ra oylik mukofotlar;
  • Yangi reklama mahsulotlari va sotish usullarini o‘rganish;
  • Ko‘nikmalaringizni tez oshirishga yordam beradigan do‘stona va professional jamoa;
  • Tanlov asosidagi ijtimoiy paket: tibbiy sug‘urta, fitnes, o‘quv kurslari, avia chiptalar uchun to‘lov, bolalar bog‘chasi yoki xususiy maktablar uchun qisman kompensatsiya;
  • Shahar markazidagi qulay ofis.
Похожие вакансии

03 Ноября

Sotuv Menejer

Андижан

Компания "INSAN ACADEMY GROUP" Mas'uliyat: Avval shu sohada ishlagan boʼlishi Talablar: Rivojlanish va karyera Katta...

Отправить резюме подробнее

24 Октября

Hududiy Menejer (Regional Manager)

Бухара

Компания "HiDenta" Stomatologiya mahsulotlarini sotadigan kompaniyaga Hududiy menejer kerak. Vazifalar: Klinikalarni borib ko‘rish,...

Отправить резюме подробнее

30 Октября

Sotuv menejeri (Mountain branding agency)

Ташкент

Компания "ZAMIN UNITED" Обязанности Kompaniyaning xizmatlarini mijozlarga faol taklif qilish va sotish. CRM tizimida mijozlar...

Отправить резюме подробнее

22 Октября

Sotuv menejeri ( sales manager)

Ташкент

Компания "MASLO CHORNIY TMINA" Talablar: - Tajriba talab qilinmaydi. O'zimiz o'rgatamiz. - Mas'uliyatlilik - Ravon nutq...

Отправить резюме подробнее

23 Октября

Sotuv menejeri / Менеджер по продажам

Ташкент

Компания "GLOBAL MEDICAL CENTER" Sotuv menejeri ishga olinadi. Sergeli tumanidagi “Global Medical Center” klinikasiga sotuv bo‘limiga sotuv...

Отправить резюме подробнее

Вакансия размещена в отрасли

Банки / Инвестиции / Лизинг: