AKT analitika boshqarmasi yetakchi menejer (Texnik topshiriqlar bilan ishlash bo‘yicha)
Город:
Ташкент
Занятость:
Полная занятость
Компания "АКБ Qishloq qurilish bank"
Vazifalar:
- IT loyihalari uchun davlat standartlariga mos texnik topshiriqlar (TZ) va loyiha pasportini shakllantirish, konsepsiya, texnik hujjatlar ishlab chiqish va rasmiylashtirish.
- Biznes-analitiklar, dasturchilar, testlovchilar va boshqa texnik mutaxassislar bilan hamkorlikda loyiha talablari va funksional imkoniyatlarni aniqlash.
- Loyiha uchun texnik yechimlarni ishlab chiqish jarayonini hujjatlashtirish:Sistemalar arxitekturasi, ma’lumotlar bazasi sxemalari, api hujjatlari, integratsiya sxemalari va algoritmlari
- Loyihaning barcha bosqichlarida texnik hujjatlarning to‘liq va aniq yuritilishini ta'minlash.
- Murakkab texnik yechimlarni soddalashtirib, biznes jamoasi uchun tushunarli shaklda bayon qilish.
- Texnik hujjatlarning versiya nazoratini yuritish va yangilab borish.
- Yangi texnologiyalar, metodologiyalar va standartlarni o‘rganish hamda ularni texnik hujjatlarda aks ettirish.
- Nizom, tartib, reglamentlar ishlab chiqish.
- IT sohasidagi hukumat topshiriqlarini ijrosini ta’minlash.
- Yosh mutaxassislarga tajriba o‘rtoqlashish va ularni rivojlantirishga yordam berish.
Talablar:
- Oliy maʼlumotga ega bo’lishi.
- IT sohasida kamida 3 yillik texnik topshiriq (TZ) va texnik hujjatlar yozish tajribasi.
- A’lo darajada yozma va og’zaki kommunikatsiya ko’nikmalari.
- BPMN 2.0, Use cases, User stories va boshqa xalqaro standartlarga muvofiq texnik hujjatlar tayyorlash bo‘yicha tajriba.
- Bank yoki fintech sohasidagi texnik topshiriq (TZ) va hujjatlarni yuritish bo‘yicha tajriba afzal.
- Texnik hujjatlarni yaratishda Confluence, Notion kabi vositalarda ishlash ko‘nikmasi ustuvorlik beradi.
- UML diagrammalar, ma'lumotlar bazasi sxemalari va integratsiya jarayonlarini tushunish va ularni hujjatlashtirish tajribasi.
- Texnik hujjatlarda matematik modellar, algoritmlar va arxitektura diagrammalarini aniq tasvirlash qobiliyati.
- Dasturlash tillari haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish.
- Texnik mutaxassislar va biznes jamoasi bilan samarali muloqot qila olish ko‘nikmasi.
- Yangi texnologiyalar va metodologiyalarni tezda o‘rganish va jamoaga tatbiq etish qobiliyati.
- Loyiha boshqaruv metodologiyalari (Agile/Scrum, Waterfall) bo‘yicha bilimga ega bo‘lish.
- Texnik yechimlarni tasvirlash uchun diagramma vositalarida ishlash ko‘nikmasi (masalan, Draw.io, Lucidchart, yoki PlantUML).
- O'zbek va rus tillarini mukammal bilish ( ingliz tilini bilish qo'shimcha afzallik hisoblanadi).
- Keng qamrovli IT loyihalarida ishtirok etish va kompleks tizimlarni hujjatlashtirish tajribasi.
Biz taklif qilamiz:
- Raqobatbardosh maosh va bonus tizimi.
- Dinamik va do‘stona jamoa muhitida ishlash imkoniyati.
- Professional rivojlanish va malaka oshirish uchun treninglar va kurslar.
- O‘z tajribangizni yuqori darajadagi loyihalarda qo‘llash imkoniyati.
05 Августа
Заместитель главного бухгалтера( 75-MAXSUS BOSHQARMASI )
Ташкент
Компания "75-MAXSUS BOSHQARMASI" Обязанности: Ведение бухгалтерского учёта по реализации товаров/услуг Оформление и контроль первичных...
06 Августа
Mijozlar bilan ishlash (undiruv) bo'limi yetakchi mutaxassisi
Самарканд
Компания "ISHONCH KREDIT SAVDO" Mas'uliyat: Oʼzingizga biriktirilgan mijozlar portfellaridagi qarzdorliklarni undirish tartibiga asosan...
23 Июля
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassis
Ташкент
Компания "АКБ Qishloq qurilish bank" Talablar: Oliy ma'lumot yoki (axborot texnologiyalari, biznes boshqaruvi, iqtisodiyot yoki loyiha...
26 Июля
Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
Ташкент
Компания "АКБ Qishloq qurilish bank" Vazifalar: – bank tizimida iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish...
31 Июля
Bankning ichki buxgalteriya amaliyotlari boshqarmasi Yetakchi mutaxassis
Ташкент
Компания "АКБ Qishloq qurilish bank" Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti-bankning ichki buxgalteriya amaliyotlari...
Вакансия размещена в отрасли