B2B savdo menejeri
23 Июля 2026
Город:
Ташкент
Занятость:
Полная занятость
Компания "BURAQ LOGISTICS CO"
B2B savdo menejeri (Xalqaro logistika)
Kompaniya haqida: Biz — xalqaro yuk tashish va logistika sohasida dinamik rivojlanib borayotgan yetakchi kompaniyalardan birimiz (Xitoyda oʻz omborlarimiz va tayyor logistik zanjirimiz mavjud). Sotuvlar hajmini oshirish va jamoamizni kengaytirish maqsadida B2B segmentida tajribaga ega boʻlgan ambitsiyali Savdo menejerini qidirmoqdamiz.
Agar sizda quyidagilar boʻlsa, biz aynan sizni qidirmoqdamiz:
-
B2B savdo sohasida 1 yildan 3 yilgacha muvaffaqiyatli ish tajribasi (Logistika, kargo yoki bojxona rasmiylashtiruvi sohasidagi tajriba katta plyus boʻladi);
-
Korporativ mijozlar (yirik importerlar va tadbirkorlar) bilan ishlash oʻziga xosligini tushunish;
-
Kompaniya rahbarlari va qaror qabul qiluvchi shaxslar (ЛПР) darajasida professional muzokaralar olib borish koʻnikmasi;
-
Mijozlarning eʼtirozlari (возражения) bilan ishlay olish va shartnomani yakuniy natijagacha olib borish.
Sizning asosiy majburiyatlaringiz:
-
Yangi korporativ mijozlarni (importerlarni) faol izlash va jalb qilish;
-
Kompaniyaning logistika xizmatlari boʻyicha taqdimotlar (prezentatsiya) oʻtkazish va muzokaralar olib borish;
-
Yuk tashish narxlarini hisoblash va tijorat takliflarini tayyorlash;
-
Mijozlar bilan hamkorlikning barcha bosqichlarida hamrohlik qilish;
-
CRM tizimida hisobotlarni aniq va oʻz vaqtida yuritish.
Biz nima taklif qilamiz (Sharoitlarimiz):
-
Yuqori va cheklanmagan daromad: Kafolatlangan fiksirlangan oklad + sotuvlardan yuqori foizlar (%): oʻrtacha oylik daromad 10 000 000 dan 40 000 000 soʻmgacha va undan yuqori (cheklovlar yoʻq);
-
Bozorda raqobatbardosh, mijozga taklif qilish oson va tayyor logistik yechimlar (oʻz omborimiz mavjudligi sotuv jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi);
-
Professional va martaba jihatdan oʻsish imkoniyatlari;
-
Olmazor tumani (Nurafshon koʻchasi)da joylashgan shinam va qulay ofis, ahil jamoa hamda ish boshlash bosqichida har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.
Agar siz biz bilan birga rivojlanishga va yuqori daromad topishga tayyor boʻlsangiz, rezyumengizni yuboring!
Зарегистрируйтесь или войдите, чтобы открыть контакты работодателя
Прикрепите резюме для отклика
Уже с нами?
Войдите, чтобы отправить резюме
18 Июля
Менеджер по B2B-продажам в Poster Uzbekistan (IT/SaaS)
Ташкент
Компания "PRO-STAFF" Ищешь работу в стабильной IT-компании, чей бренд говорит сам за себя, а продажи строятся на входящем потоке заявок ?...
18 Июля
Менеджер по развитию регионов (B2B, пищевые ингредиенты)
Ташкент
Компания "EUROSNAB TECHNOLOGY" ЕВРОСНАБ – это международная дистрибьюторская компания, представленная в семи странах. Мы улучшаем качество...
16 Июля
Торговый агент (Самарканд) / Savdo agenti (Samarqand)
Самарканд
Компания "OOO NATURAL JUICE" Компания "NATURAL JUICE" -производитель натуральных соков и нектаров ("Сочная долина", VIKO и MUZY),...
18 Июля
Менеджер по работе с B2B клиентами / Sales Manager
Ташкент
Компания "Overture Technology" b2b.mybooking.uz — часть платформы MyBooking.uz, крупнейшего сервиса онлайн-бронирования отелей в Узбекистане....
18 Июля
Elita (premium) ko‘chmas mulk sotuv menejeri
Ташкент
Компания "Риэлторская организация ООО >" Panoramali manzaraga ega shinam ofisimiz shahar markazida — Oloy bozori, Ц-2 hududida joylashgan....
Вакансия размещена в отрасли