CRM менежер
Город:
Ташкент
Занятость:
Полная занятость
Компания "АКБ Qishloq qurilish bank"
Lavozim majburiyatlari:
Bankda Yuridik shaxslarga moʻljallangan CRM tizimini (oCRM va aCRM) joriy etish loyihasini Buyurtmachi manfaatlarida kuzatib borish va nazorat qilish;
CRM tizimini joriy etish uchun Texnik topshiriqni ishlab chiqishda amaliy yordam qilish;
CRM tizimi boʻyicha tasdiqlangan Texnik topshiriq (TZ), funksional dizayn va shartnoma shartlariga muvofiq joriy etilishini taʼminlash;
CRM yetkazib beruvchi (integrator) tomonidan taqdim etiladigan:
- arxitektura yechimlari,
- funksional dizayn hujjatlari
- integratsiya yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish va xulosa berish;
- oCRM (front-ofis, arizalar, kredit jarayonlari) va aCRM (marketing, segmentatsiya, kampaniyalar) funksionalining toʻliq joriy etilishini nazorat qilish;
- Bankning ichki tizimlari (ABS, DWH, kredit konveyeri, SMS-provayderlar va boshqalar) bilan integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish;
- Loyiha doirasida:
- risklar reestrini yuritish;
- nomutanosibliklar va chetlanishlarni qayd etish;
- texnik qarzni aniqlash;
- Loyiha bosqichlari boʻyicha qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish:
- funksional tekshiruv;
- test sinovlari;
- qabul-qabul qilish hujjatlarini tayyorlash;
- CRM yetkazib beruvchi bilan ishchi uchrashuvlarda qatnashish, qarorlarni protokollash;
- Bank rahbariyatiga CRM joriy etilishi boʻyicha muntazam analitik hisobotlar va xulosalar taqdim etish;
- Foydalanuvchilarni oʻqitish, hujjatlashtirish va ekspluatatsiyaga topshirish jarayonlarini nazorat qilish.a
- Tizimni boshqarish: CRM tizimini joriy etish va uning kundalik faoliyatini nazorat qilish, biznes ehtiyojlariga mos ravishda optimal sozlanganligini taʼminlash.
- Mijozlar maʼlumotlarini tahlil qilish: Mijozlar haqidagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va talqin etish orqali amaliy xulosalar chiqarish. Bu jarayon trendlar, xulq-atvor va maqsadli marketing imkoniyatlarini aniqlash uchun segmentatsiyani oʻz ichiga oladi.
- Strategik rejalashtirish: Mijozlar bilan oʻzaro munosabatni yaxshilash va ularni saqlab qolishga qaratilgan CRM strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunga mijozlar bilan kommunikatsiya va segmentatsiya strategiyalarini rejalashtirish kiradi.
- Funksiyalar oʻrtasida hamkorlik: Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishda yagona yondashuvni taʼminlash uchun marketing, sotuvlar, mijozlarga xizmat koʻrsatish va boshqa boʻlimlar bilan yaqin hamkorlikda ishlash.
- Kampaniyalarni boshqarish: Turli mijoz segmentlari uchun moʻljallangan marketing kampaniyalarini rejalashtirish, amalga oshirish va baholash orqali aniq yoʻnaltirish va samaradorlikni oshirish.
- Hisobot va prognozlash: CRM faoliyati va uning biznes natijalariga taʼsiri boʻyicha batafsil hisobotlar tayyorlash, shuningdek tarixiy maʼlumotlar asosida kelgusi tendensiyalar va mijozlar xulq-atvorini prognoz qilish.
- Oʻqitish va qoʻllab-quvvatlash: Jamoa aʼzolarining CRM tizimidan samarali foydalanishini taʼminlash uchun oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish va doimiy qoʻllab-quvvatlash koʻrsatish.
- Maʼlumotlar sifatini taʼminlash: CRM tizimidagi mijozlar maʼlumotlarining aniqligi, toʻliqligi va tozaligini taʼminlash.
- Ichki va tashqi maʼlumotlar manbailar bilan integratsiya jarayonlarini va ularning algoritmini ishlab chiqishda koʻmaklashish.
Nomzoddan talab etiladigan xislatlar va koʻnikmalar:
Oliy maʼlumot (axborot texnologiyalari, iqtisod, bank ishi yoki biznes-menejment yoʻnalishlarida);
Bank, fintex yoki yirik korporativ loyihalarda CRM tizimlari boʻyicha kamida 3–5 yil tajriba;
CRM tizimini joriy qilishda ishtirok etish boʻyicha tajriba (kamida 1 ta keys)
CRM tizimlari bilan ishlash boʻyicha amaliy tajriba:
- operatsion CRM (front-ofis, arizalar, SLA),
- analitik CRM (marketing kampaniyalari, segmentatsiya, kontakt siyosati);
- Bank biznes-jarayonlarini tushunish:
- Mikro, kichik va oʻrta biznes mijozlari,
- kreditlash jarayonlari,
- KYC / AML asoslari;
- Tillar: Ingliz yoki rus tillarini mukammal bilish
- Mustakil fikrlash, analitik yondashuv va postavщik bilan professional bahs olib borish qobiliyati;
- Texnik salohiyat: CRM dasturiy taʼminoti, maʼlumotlar bazalarini boshqarish va maʼlumotlarni tahlil qilish vositalari boʻyicha mustahkam bilimga ega boʻlish.
- Marketing boʻyicha bilim: Maqsadli kampaniyalarni ishlab chiqish uchun marketing tamoyillari va mijozlar segmentatsiyasini tushunish.
16 Марта
Ташкент
Компания "ORBIS CARS PREMIUM" Уважаемые соискатели, перед откликом на вакансию, пожалуйста, убедитесь, что ваш опыт соответствует требованиям,...
12 Марта
Ташкент
Компания "BELLISSIMO PIZZA INTERNATIONAL" Обязанности: Подготовка и запуск CRM-рассылок (push,SMS,Telegram); Участие в планировании и...
Вакансия размещена в отрасли