Kassir( EDTECH ALLIANCE )
07 Августа 2025

Город:
Ташкент
Занятость:
Полная занятость
Компания "EDTECH ALLIANCE"
Jahon School — bu zamonaviy, xalqaro standartlarga mos xususiy maktab bo‘lib, moliyaviy tartib-intizom va shaffoflikni o‘z faoliyatining muhim qismiga aylantirgan. Biz maktabdagi barcha to‘lovlar, hisob-kitoblar va moliyaviy hujjatlar bilan ishlay oladigan mas’uliyatli va ishonchli kassirni izlayapmiz.
Lavozim vazifalari:
- Naqd va naqdsiz to‘lovlarni qabul qilish, hisobga olish va rasmiylashtirish;
- Kundalik kassa operatsiyalarini yuritish va hisobot tayyorlash;
- Kassa kitobi va hujjatlarini yuritish, kassa intizomiga rioya qilish;
- Ota-onalar va tashrif buyuruvchilar bilan to‘lov bo‘yicha muloqot qilish;
- To‘lov kvitansiyalari va hisob-fakturalarni taqdim etish;
- Moliya bo‘limi bilan doimiy aloqada ishlash va har qanday moliyaviy hujjatlarni o‘z vaqtida topshirish.
Talablar:
Ta’lim va tajriba:
- Moliyaviy, iqtisodiy yoki buxgalteriya yo‘nalishida o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;
- Kassir sifatida kamida 2 yillik ish tajribasi (maktab yoki ta’lim muassasasi tajribasi afzal).
Kasbiy ko‘nikmalar:
- Naqd pul va elektron to‘lov tizimlarida ishlash qobiliyati;
- Diqqat-e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lish;
- MS Excel va 1C (yoki boshqa buxgalteriya dasturlari) bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Muloqot qilish va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga ega bo‘lish.
Shaxsiy fazilatlar:
- Halollik va ishonchlilik;
- Tashkiliy qobiliyat va o‘z vaqtida ishni bajarish;
- Stressga chidamli va jamoada ishlay olish.
Biz sizga taklif qilamiz:
- Ish vaqti: 6/1 , 9:00-18:00 gacha.
- Barqaror va o‘z vaqtida ish haqi (suhbat asosida belgilanadi);
- Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
- Doimiy kasbiy rivojlanish, treninglar, seminarlar;
- Texnika va uslubiy materiallar bilan to‘liq ta’minot;
- Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
- Jamoaviy tadbirlar, korporativlar, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.
Зарегистрируйтесь или войдите, чтобы открыть контакты работодателя
Прикрепите резюме для отклика
Уже с нами?
Войдите, чтобы отправить резюме
07 Августа
Kassir (kassir oziq ovqat) dokoniga
Ташкент
Компания "SHUKRONA" ТРЕБУЮТСЯ КАССИРЫ – НА ДНЕВНУЮ И ВЕЧЕРНЮЮ СМЕНУ! ДНЕВНАЯ СМЕНА: 08:00 – 16:00 Зарплата: 3.000.000 сум ВЕЧЕРНЯЯ...
29 Июля
Руководитель отдела продаж( Vaga Alliance )
Ташкент
Компания "Vaga Alliance" Обязанности: Разработка и реализация стратегии продаж на территории Узбекистана Управление командой продаж:...
09 Августа
Ташкент
Компания "Mega Light" Обязанности: Tovarlarimizni yaxshi bilib komputerda klientlarga javob berish kerak yaxshi munosabat bilan...
11 Августа
Ташкент
Компания "SMART OFFLINE SYSTEM" Oziq ovqat do'koni tarmoqlariga sotuvchi-kassir kerak! Oylik 3 000 000 so'm boshlanishida...
Вакансия размещена в отрасли