Risk menejment departamentiga xodim
06 Января 2025
Город:
Ташкент
Занятость:
Полная занятость
Компания "Aloqabank"
Biz haqimizda:
АT “Aloqabank ”O‘zbekistonning boy tarix va an’analarga ega yetakchi banklaridan biri bo‘lib, moliya bozorida 1994 yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Biz zamon va texnologiyalar bilan hamnafas bo‘lamiz, innovatsion mahsulotlar yaratamiz va ilg‘or jahon amaliyotini qo‘llaymiz. Bizning jamoamiz to‘lov xizmati va onlayn bank funksiyalarini o‘zida mujassam etgan va o‘z segmentida eng yaxshilaridan biri sifatida e’tirof etilgan Zoomrad mobil ilovasini faol ravishda ishlab chiqmoqda. Shuningdek, biz istiqbolli startaplarga katta sarmoya kiritadigan venchur kapital fondi Aloqa Ventures orqali innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Biz strategik maqsadlarga erishishimizga yordam beradigan bankning ichki tizimlarni ishlab chiqish guruhiga qo'shilish uchun iqtidorli va mas'uliyatli Risk menejment xodimlarini qidiryapmiz!
Talablar:
- Oliy ma’lumot (iqtisodiyot);
- Bank tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bolgan;
- O‘zbek va rus tillarida erkin so‘zlasha olish
- Ingiliz tilini bilish darajasi: kamida IELTS 6 ball;
- Bazel tavsiyalarini hamda IFRS 9 standartlarini bilish;
- FRM/PRM sertifikatiga ega bo‘lish (qoshimcha ACCA sertifikatlariga egalik afzillik hisoblanadi);
- “MS Office”ning mukammal foydalanuvchisi;
- Maxsus dasturlar (Power BI, SQL, Phyton/Java, R stat, Matlab) ni bilish afzallik hisoblanadi;
- Ishlarni tashkillashtirish va rejalashtirish;
- O‘z ustida ishlash va yangilikka intilish;
- Jamoada ishlay olish, kirishuvchanlik.
Vazifalari:
- Sezilarli tavakkalchiliklarning o‘z vaqtida aniqlanishi, baholanishi, monitoring qilinishi va ular bo‘yicha hisobot tayyorlanishi, nazorat qilinishi hamda mazkur tavakkalchiliklarning kamaytirilishini ta’minlash;
- Tavakkalchiliklarni yuzaga keltiruvchi holatlar sodir bo‘lganligi yoki qisqa muddatlarda sodir bo‘lishi haqida erta ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish;
- Bank tomonidan ishlab chiqilgan tavakkalchiliklarni baholash metodlarini, shu jumladan kredit tavakkalchiligini baholash uchun reyting metodlarini va (yoki) skoring tizimlarini tekshirib borish;
- Kreditlar bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni baholash (kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, geografik hududlar va boshqalar), shu jumladan muammoli kreditlarni (aktivlarni) aniqlash jarayonlari va aktivlar sifatini tasniflash hamda ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish amaliyotining maqbulligini baholash;
- Bankning yangi mahsulotlari joriy qilingunga qadar ular bilan bog‘liq tavakkalchiliklar yuzasidan xulosalar tayyorlash;
- Sezilarli tavakkalchiliklani stress-testdan o‘tkazish va natijalar bo‘yicha hisobot tayyorlash;
- Kapital monandligini baholash bo‘yicha ichki jarayonlar (ICAAP), stress-testlar va tavakkalchilik xususiyatlari asosida bank kapitaliga nisbatan tabaqalashtirilgan talablarni belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Milliy va jahon moliya bozorlarini tahlil qilish;
- Risklarni baholash va boshqarish vositalarini avtomatlashtirish uchun texnik topshiriqlarni shakllantirish;
- Moliyaviy risklarni (foiz, valyuta, bozor, likvidlilik) baholash bo‘yicha modellar ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish;
- Bank faoliyatida yuzaga keladigan risklarni aniqlash, ularni reestrini yuritish hamda ushbu ma’lumotlar asosida risk xaritasini shakllantirib borish.
Ish sharoitlari:
- Qulay va shinam ofis.
- Lavozimda ko‘tarilish uchun imkoniyat.
- O‘sish va rivojlanish uchun imkoniyat
- Ahil va professional jamoa.
- Ish haqi suhbatda kelishiladi.
Зарегистрируйтесь или войдите, чтобы открыть контакты работодателя
Прикрепите резюме для отклика
Уже с нами?
Войдите, чтобы отправить резюме
Вакансия размещена в отрасли