SMM mutaxassisi
Город:
Ташкент
Занятость:
Полная занятость
Компания "JAHON SCHOOL"
Jahon School jamoasiga kreativ va mas’uliyatli SMM mutaxassisi qidirmoqda!
Jahon School o‘zining marketing jamoasiga zamonaviy fikrlaydigan, kreativ va natijaga yo‘naltirilgan SMM mutaxassisni taklif etadi.
Ushbu lavozim maktabning HR va marketing yo‘nalishidagi ijtimoiy tarmoqlarini yuritish, brend imijini rivojlantirish hamda offlayn marketing faoliyatlarini tashkil etishda muhim o‘rin tutadi.
Agar siz kreativ kontent yaratishni yoqtirsangiz, ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lsangiz va ta’lim sohasida rivojlanishni istasangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz!
Asosiy vazifalar:
- Jahon School HR sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda yuritish;
- Kontent reja ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Kreativ postlar, matnlar va reklama materiallarini tayyorlash;
- Offlayn marketing tadbirlarida ishtirok etish va ularni tashkil qilish;
- Bozor va raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish;
- SMM natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash va analitika yuritish;
- Marketing bo‘limi bilan hamkorlikda yangi g‘oyalar va loyihalarni ishlab chiqish.
Talablar:
- SMM sohasida kamida 1–2 yillik ish tajribasi;
- SMM bo‘yicha kurs yoki ta’lim olgan bo‘lishi;
- Kreativ fikrlash va yangi g‘oyalar taklif qila olish;
- Copywriting ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Google Sheets bilan ishlay olish;
- Bozor va raqobatchilar tahlilini amalga oshira olish;
- Analitik fikrlash qobiliyati;
- Moslashuvchan va mas’uliyatli bo‘lish;
- Rus tilini bilishi afzal;
- Ta’lim sohasidagi tajriba ustunlik beradi.
Biz taklif qilamiz:
- Oylik maosh: 5 000 000 – 7 000 000 so‘m;
- Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha, 10:00 – 19:00;
- Tushlik kompaniya hisobidan;
- 3 oylik sinov muddati;
- Katta va rivojlanayotgan ta’lim muassasasida ishlash imkoniyati;
- Kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun qulay muhit;
- Mas’uliyat va natijalarga qarab martaba o‘sishi imkoniyati;
- Do‘stona jamoa va qiziqarli loyihalar.
08 Августа
Термез
Компания "BTS Express Cargo Servis" BTS Express — международная логистическая компания, работающая на рынке с 2009 года. Мы развиваем...
10 Августа
Специалист по AI-видео и социальным сетям (SMM-менеджер/контент-менеджер)
Ташкент
Компания "ALIFCO" О проекте Мы создаём контент для быстрорастущего бренда и ищем креативного специалиста, который умеет делать вирусные...
04 Августа
Андижан
Компания "BTS Express Cargo Servis" BTS Express — международная логистическая компания, работающая на рынке с 2009 года. Мы развиваем...
06 Августа
SMM-менеджер / Контент-мейкер( EURO-TOUR )
Ташкент
Компания "EURO-TOUR" Обязанности: Ведение Instagram и Telegram-каналов компании. Разработка и реализация контент-плана. Создание...
10 Августа
SMM-менеджер( AB PHARMA LINE )
Ташкент
Компания "AB PHARMA LINE" SMM-специалист Ищем SMM-специалиста в офис на полный день. Обязанности: Ведение соцсетей компании и...
Вакансия размещена в отрасли