Video kuzatuv orqali filiallarni nazorat qiluvchi mutaxassis
13 Ноября 2025
Город:
Ташкент
Занятость:
Полная занятость
Опыт:
Нет опыта
Компания "ABABIN"
Video Kuzatuv Orqali Nazorat Mutaxassisi
ASKO kompaniyasi — avtomobil ehtiyot qismlari: avtoshinalar, disklar va akkumulyatorlar savdosi bilan shug‘ullanadigan O‘zbekistonning eng yirik riteyl tarmoqlaridan biri. Bugungi kunda respublika bo‘ylab 55+ ta filial faoliyat yuritmoqda.
ASKO’da korporativ madaniyat va qadriyatlar juda yuqori darajada — halollik, hurmat, aniqlik va mijozlar mamnuniyati bizning asosiy tamoyillarimizdir.
Biz kimni qidiryapmiz?
Filiallarda olib borilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining to‘g‘ri, intizomli va standart asosida bajarilishini video kuzatuv orqali nazorat qila oladigan mutaxassis qidirmoqdamiz.
Bu lavozim oddiy nazorat emas — onlayn kuzatuv asosida tahlil qilish, xulosa chiqarish va filial faoliyatini yaxshilashga hissa qo‘shish vazifasini o‘z ichiga oladi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Shaxsiy fazilatlar:
-
Mas’uliyatli, halol va xolis;
-
Stressga bardoshli, hissiyotga berilmaydigan;
-
Tahliliy va tezkor fikrlovchi;
-
E’tiborli, tafsilotlarni ko‘ra oladigan;
-
Muammolarni diplomatik tarzda, muloyim muzokara yo‘li bilan hal qila oladigan;
-
Jamoa bilan ishlashga moslashgan;
-
Muloqotda ochiq, fikrini aniq yetkaza oladigan.
Kasbiy talablar:
-
Kompyuterni mukammal darajada bilish (MS Office, Google Sheets va boshqa dasturlar);
-
Video kuzatuv tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi bo‘lsa — ustunlik;
-
Filiallardagi jarayonlarni to‘g‘ri tahlil qila olish;
-
Hisobot tayyorlash va rahbariyatga taqdim eta olish;
Asosiy vazifalar:
-
Filiallardagi savdo, xizmat jarayoni va tartib-intizomni video kuzatuv orqali monitoring qilish;
-
Tovar aylanishi va qoldiqni (остатка) to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish;
-
Mijozlar mamnuniyati darajasini baholash;
-
Standartlarga rioya qilinmayotgan holatlarni aniqlash;
-
Har bir holat bo‘yicha tahliliy xulosa chiqarish;
-
Rahbariyatga kundalik / haftalik hisobotlar taqdim etish;
-
Kamchiliklar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Ish sharoitlari:
-
Ish grafigi: 1 kun ish / 1 kun dam olish
-
Ish vaqti: 09:00 — 21:00
-
Ish joyi: ASKO bosh ofisi, INDEX F-3 blok
-
2 oylik sinov muddati (to‘lanadi)
-
Rasmiy ishga qabul
-
Qulay va zamonaviy ofis
-
Issiq ovqat bilan ta’minlanadi
-
Hamjihat va ijobiy jamoa
-
Karyera o‘sishi uchun imkoniyatlar mavjud
Nega aynan ASKO?
ASKO — bu tizimga amal qiladigan, tahlilni qadrlaydigan va professional o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydigan kompaniya.
Bu yerda:
-
har bir xodimning mehnati qadrlanadi;
-
halollik va aniqlik eng muhim mezon;
-
fikr bildirish va takliflar berish rag‘batlantiriladi;
-
o‘sish, rivojlanish va o‘rganish uchun real imkoniyatlar mavjud.
Зарегистрируйтесь или войдите, чтобы открыть контакты работодателя
Прикрепите резюме для отклика
Уже с нами?
Войдите, чтобы отправить резюме
09 Ноября
Ташкент
Компания "BILIM VA KONIKMALARNI BAHOLASH MARKAZI" Asosiy vazifalar: Imtihonlarni tashkil etish va professional darajada o'tkazish....
12 Ноября
IT kompaniyaga HR mutaxassis ishga qabul qilinadi
Ташкент
Компания "I TECH IT GROUP" IT kompaniyamizga HR xodim (kadrlar bo‘yicha mutaxassis) kerak. Vazifalar: Yangi xodimlarni izlash, suhbat...
13 Ноября
"Darian Electronics" Dahua kuzatuv kameralari uchun savdo manajeri
Ташкент
Компания "FURAC ENTERPRICE" Vazifalar: Mijozlar bilan faol muloqot qilish, mahsulot va xizmatlar haqida to‘liq ma’lumot berish Mijozlar...
12 Ноября
Специалист по искусственному интеллекту/Sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassis
Ташкент
Компания "НОУ NOBEL EDU" Требования: Свободное владение русским или английским языком Уверенные навыки работы с AI-инструментами...
12 Ноября
Начальник академического отдела / Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i
Ташкент
Компания "Cambridge International University" Эта должность действует как главный академический директор, работающий под совместным контролем со...
Вакансия размещена в отрасли