Content manager

31 Декабря

Партнерские Вакансии

Город:

Ташкент

Занятость:

Полная занятость

Компания "PORTRET GROUP"

Portret Group tajribali va kuchli Content menejerlarni o‘z jamoasiga taklif qiladi!

Portret Group haqida:

  • Biznes egalari va tadbirkorlarning shaxsiy brendlarini rivojlantirishga ixtisoslashgan agentlik.
  • 2021-yil yanvar oyidan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
  • Hozirgi kunga qadar 30+ tadbirkor, ekspert va siyosat vakillarining shaxsiy brendlarini rivojlantirganmiz.
  • Mijozlarimizning 94%ini kelishilgan natijaga olib chiqqanmiz.
  • Jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan shaxslarni ommaga tanitish va ularning faoliyatini kengaytirish maqsadida ishlaymiz.

Biz sizga taklif qilamiz:

  • Raqobatbardosh oylik: 5.000.000 - 12.000.000 so‘m (tajriba va natijalarga qarab).
  • Rivojlanish imkoniyatlari: Ichki treninglar, seminarlar, xalqaro va mahalliy safarlar va kasbiy rivojlanishda qo‘llab-quvvatlash.
  • Yuqori darajadagi loyihalarda ishtirok etish va soha liderlari bilan ishlash.
  • Ish samaradorligiga qarab bonuslar va jamoaviy tadbirlar orqali motivatsiya beruvchi muhit.

Asosiy vazifalar:

  • Kontent strategiyasini ishlab chiqish: Kompaniya yoki shaxsiy brend egasining maqsadlari va maqsadli auditoriyaga muvofiq kontent strategiyalarini rejalashtirish, rivojlantirish va amalga oshirish.
  • Kontent yaratish va tahrirlash: Bloglar, ijtimoiy tarmoqlar uchun postlar, veb-kontent va boshqa turdagi yuqori sifatli, qiziqarli kontentni boshqarish
  • SEO va analitika: Kontentni qidiruv tizimlarida yuqori o'rinlarni egallashini ta'minlash uchun SEO eng yaxshi amaliyotlarini qo'llash va Google Analytics kabi vositalardan foydalanib, kontent samaradorligini muntazam tahlil qilish.
  • Jamoaviy hamkorlik: Marketing, dizayn va savdo bo'limlari bilan yaqin hamkorlikda ishlash, kontentni biznes maqsadlariga moslashtirish.
  • Kontent taqvimini boshqarish: Kontentni o'z vaqtida va muntazam ravishda nashr etilishini ta'minlash.
  • Brend va unga belgilangan TOV: Har bir kontent kanali orqali belgilangan uslub va xabarlar ketma-ketligini ta'minlash.
  • Bozor va raqobatchilarni tahlil qilish: Shaxsiy brendga oid yangiliklar va raqobatchilarning kontent strategiyalarini kuzatib borish, kontentni zamonaviy va raqobatbardosh qilish.

Biz kutayotgan nomzod:

  • Tajriba: Loyihalarda kontentlarni boshqarish bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba, ayniqsa marketing, raqamli media yoki brending sohalarida.
  • Muloqot ko‘nikmalari: O‘zbek, rus va ingliz tillarida og‘zaki va yozma ravishda a’lo darajada muloqot qila olish. Hushmuomala bo’lish. Yangi tendensiyalar, texnologiyalar yoki kompaniya yo'nalishidagi o'zgarishlarga tez moslashish qobiliyati.
  • Liderlik: Jamoalarni boshqara olish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va natijalarga erishish tajribasi. Kontent samaradorligi bilan bog'liq muammolarni hal qilish va ijodiy yechimlar topish.
  • Vaqtni boshqarish: Bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihani boshqarish va belgilangan muddatlarga rioya qilish.
  • Diqqatni jamlash: Murakkab loyihalarni nazorat qilish va sifatni ta’minlash. Kontentni aniq, brendga mos va kompaniya standartlariga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilish.
  • Mas’uliyatlilik: Topshirilgan ishlar riskini o’z bo’yniga olish va tashabbuskorlik
  • Ijodkorlik: Maqsadli auditoriya uchun mos keladigan innovatsion kontent g'oyalarini yaratish.

Qo‘shimcha imtiyozlar:

  • Natijalar bo‘yicha bonuslar va loyihalarning muvaffaqiyatiga qarab mukofotlar.
  • Jamoaviy sayohatlar va korporativ tadbirlar orqali jamoaviy ruhni mustahkamlash.
  • Qo’shimcha ta’lim olishlarida kompaniya budjet ajratadi.

Keyingi qadam:

Rezyumeingizni ushbu manzilga yuboring: Ariza yuborish. Sizni Portret Group oilasiga qo'shilishingizni intiqlik bilan kutib qolamiz!

Похожие вакансии

24 Декабря

Digital аккаунт-менеджер (уклон в SMM проекты) / SMM Project Manager

Ташкент

Компания "Wunder digital" Wunder digital - агентство с широкой маркетинговой экспертизой и сильным техническим бэкграундом. В нашем портфолио...

Отправить резюме подробнее

24 Декабря

IT Project manager (Руководитель проектов)

Ташкент

Компания "ROBOSELL" Robosell — это команда, которая создаёт будущее онлайн-бизнеса! Мы разрабатываем платформу, которая помогает...

Отправить резюме подробнее

25 Декабря

Project Manager( InFinBank )

Ташкент

Компания "InFinBank" Обязанности: Сбор и анализ информации Комплексное решение возникающих проблем Принятие решений,...

Отправить резюме подробнее

23 Декабря

Project Manager( ИП ООО AIR PRODUCTS CENTRAL ASIA GROUP )

Ташкент

Компания "ИП ООО AIR PRODUCTS CENTRAL ASIA GROUP" We are looking for a Project Manager to join our team based in Tashkent. You will report...

Отправить резюме подробнее

24 Декабря

Product Manager( Kärcher )

Ташкент

Компания "Kärcher" This is how you WOW: Monitor foreign and local markets, forecast and track price dynamics for similar groups of...

Отправить резюме подробнее

Вакансия размещена в отрасли

Информационные технологии / IT / Интернет: